So’nggi yangiliklar

13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0

06 fev 08:56
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Osiyo o'yinlari

Rasman: 2029 yilgi qishki Osiyo o'yinlari mezbonligi Qozog'istonga berildi

Avval xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonining Neom shahri 2029 yil X qishki Osiyo o'yinlarini qabul qila olmasligi malum bo'ldi.

Qurilish ishlaridagi kechikish sababli mezbonlik huquqi Qozog'istonning Olma-ota shahriga topshirildi.

Kecha Milan shahrida, qishki Olimpiya o'yinlari arafasida ushbu qaror rasman elon qilinib, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Qozog'iston Milliy Olimpiya qo'mitasi o'rtasida mezbonlik bo'yicha shartnoma imzolandi.

Malumot uchun, Olma-Ota shahri 2011 yilda ham Qishki Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan, ammo o'shanda Ostona qo'shmezbon edi. SHuningdek, Yaponiya (4 marta), Xitoy (3) va Koreya Republikasi (1) Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilgan.

Qishki Osiyo o'yinlari mezbonlari: 1986 yil — Sapporo (Yaponiya), 1990 yil — Sapporo (Yaponiya), 1996 yil — Xarbin (Xitoy), 1999 yil — Kanvondo (Koreya Respublikasi), 2003 yil — Aomori (Yaponiya), 2007 yil — CHanchun (Xitoy), 2011 yil — Astana va Olma-Ota (Qozog'iston), 2017 yil — Sapporo va Obixiro (Yaponiya), 2025 yil — Xarbin (Xitoy).

Eslatib o'tamiz, Olma-Otada Osiyo-2011 Qishki o'yinlari hamda Qishki Universiada-2017 musobaqasi uchun sport obekti bunyod etilgan. SHahar 2022 yilgi Qishki Olimpiadaga davogarlik qilgan, ammo yakunda Pekinga yutqazgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing