02 avg 15:27
Yangiliklar

Rasman. Makgregor UFCga qaytganligini elon qildi
Irlandiyalik jangchi o'z chempionlik kamarini qaytarib olish uchun astoydil ishga kirishganini aytgan.
“Men qaytdim”,- deya o'zining Twitter sahifasida qisqa xabar qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Makgregor 2016 yilning noyabridan beri oktagonda jang o'tkazmayotgan edi. O'shanda u Eddi Alvaresni mag'lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. SHu yilning boshida UFC tashkiloti Konorni chempionlik kamaridan mahrum qilib, unvonni Xabib Nurmagomedovga topshirishgandi.
Katta ehtimol bilan shu yilning so'nggi oylarida Nurmagomedov va Makgregor o'rtasidagi chempionlik jangi tashkil etiladi. Ushbu juftlik g'olibi keyinchalik amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi.
Fikrlar