So’nggi yangiliklar

08:08Собиқ жаҳон чемпиони Мурат Гассиев қайтди 0 19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0

16 dek 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Rasman! Yubiley UFC 300 turnirining sanasi va manzili tasdiqlandi

Dunyoning eng kuchli ligasi hisoblangan UFC o'zining hisob bo'yicha roppa-rosa 300-turnirini o'tkazadi.

Tashkilot tomonidan taqdim etilgan rasmiy press-relizda yubiley UFC 300 turniri 2024 yilning 13 aprel kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi muhtasham T-Mobile arenada o'tkazilishi o'z tasdig'ini topdi.

Hozircha ushbu turnirning hech bir jangi rasman elon qilinmagan. SHunday bo'lsa-da, UFC prezidenti Dana Uayt muxlislar prelim kardning ilk jangidan boshlab zavq ola boshlashlarini kafolatlamoqda.  

SHuningdek, Dana bo'lajak musobaqada liga faxriysi, UFC 100 va UFC 200 turnirlarida oktagonga ko'tarilgan yagona jangchi Jim Millerning ham ishtirok etishini tasdiqladi.

Malumot uchun, 2009 yilda o'tkazilgan UFC 100 turnirining asosiy jangi og'ir vazn toifasi chempionligi uchun Brok Lesnar hamda Frenk Mir o'rtasida tashkil etilgandi. 2016 yilda bo'lib o'tgan UFC 200 turnirining markaziy jangi esa ayollar engil vazn toifasi kamari uchun Amanda Nunes hamda Misha Teyt o'rtasida kechgandi. Aslida o'sha oqshomda MakGregor – Dias 2 va Jons – Korme 2 janglari o'tkazilishi kerak edi. Ammo malum sabablarga ko'ra bu ikki jang bekor bo'lgandi.

Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, UFC 300 turnirining markaziy jangi yarim o'rta vaznda Konor MakGregor hamda Maykl CHendler o'rtasida o'tkazilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing