14 may 11:23
Yangiliklar
Futbol
"Real" ketma-ket 27-marta ECHLga yo'llanma oldi. Bu eng uzun seriya
"Real" kelgusi mavsum Evropa chempionlar ligasida o'ynashni kafolatladi.
Karlo Anchelotti jamoasi Ispaniya chempionati 34-turida "Xetafe"ni taslim (1:0) qildi va 71 ochko to'pladi. Beshinchi o'rindagi "Vilyarreal" bilan farq chempionat tugashiga 4ta tur qolganida 14 ochkoni tashkil etmoqda.
So'nggi bor Madrid klubi 1996/97 yilgi mavsumda ECHLga chiqa olmagandi. Ketma-ket 27 mavsum ushbu musobaqada o'ynash - Evropadagi eng uzun seriya hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda ketma-ket 20-mavsum ECHLga chiqqan "Barselona" bormoqda.
Havola :
Fikrlar