10 may 12:57
Yangiliklar
Futbol
"Real" - "Manchester Siti" o'yini vaqtida Xolandning otasini "Santyago Bernabeu"dan chiqarib yuborishdi
Xabaringiz bor, tunda ECHL yarim finali doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Man Siti"ni qabul qildi.
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Ingeni CHempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi uchrashuv (1:1) vaqtida "Santyago Bernabeu"ning maxsus sektoridan chiqarib yuborishgan.
Instant Foot"ning malumotiga ko'ra, Alf-Inge o'zini haqorat qilgan ispan muxlislariga ovqatini uloqtirgan. Boshqa bir versiya bo'yicha esa forvard otasining o'zi madridlik ishqibozlarni haqorat qilgan.
Havola :
Fikrlar