So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

15 avg 02:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Kurash, Gimnastika, Engil atletika, Tokio-2020

Rio-2016. Olimpiadaning 9-kuni biz uchun omadli keldi

Bugun Rio Olimpiadasida ishtirok etadigan sportchilarimizning natijalarini onlayn tarzda ushbu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.



02:40. SHu bilan sportchilarimizning bugungi ishtiroklariga bag'ishlangan onlayn translyaciyamiz o'z yakuniga etdi. Ertaga bizni yanada qiziqarli bo'lgan kun kutib turibdi. 13 nafar sportchlarimiz ertaga Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladilar. To'liq ro'yxat ertaga ertalab, xar kungidek soat 06:00da chop etiladi.


02:35. Juda qiziqarli kechgan jangda Murodjon qozog'istonlik bokschisini mag'lub etdi va shu tariqa Olimpiadani g'alaba bilan boshladi.


02:19. Hamyurtimiz ringga chiqib kelmoqda!


02:10. Yana ozgina qoldi. Ahmadaliev, olg'a!


01:28. Toshkent vaqti bilan soat 02:15da KAKA laqabi bilan mashhur bokschimiz Murodjon Ahmadaliev qozog'istonlik raqibiga qarshi ringga ko'tariladi.


01:25. Bugungi kun sportchilarimiz uchun omadli kechmoqda, nima dedingiz? Ko'z tegmasin! Tuf, tuf... :))


01:10. ELMUROT TASMURODOV RAQIBINI 13:8 HISOBIDA MAG'LUB ETIB, BRONZA MEDALI SOHIBIGA AYLANDI! TABRIKLAYMIZ!


01:00.Elmurotning ishtiroki boshlanmoqda.


00:30. Birozdan so'ng Tasmurodov qirg'izistonlik sportchiga qarshi bahs yuritadi.


23:55. Soat 01:00da yunon-rum kurashchimiz Elmurat Tasmurodov bronza medali uchun xitoylik yoki qirg'izistonlik raqibiga qarshi gilamga chiqadi.


23:35. Oksana finalda ettinchi natijani qayd etdi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi...


23:22. SHuningdek, boshqa bir sportchimiz Oksana CHusovitina sport gimnastikasi bahslarida finalda ishtirok etmoqda.


23:10. AYNI PAYTDA BOKS ZALIDA BOKSCHIMIZ SHARAFIGA O'ZBEKISTON MADHIYASI YANGRAMOQDA! BU TARIXIY VOQEALARDAN BIRI, AZIZLAR! 


22:55. URRRRAAAA! DO'STMATOV OLTIN MEDAL SOHIBI!


22:41. JANG BOSHLANDI!


22:38. DIQQAT QILING, RINGGA HAMYURTIMIZ HASANBOY DO'STMATOV CHIQIB KELMOQDA! FINAL! OLG'A, HASANBOY


22:25. Birozdan so'ng shuningdek Oksana CHusovitina ham finaldagi ishtirokini boshlaydi.


22:20. Hasanboy Do'stmatovning jangi biroz kechikmoqda. Hayajonli lahzalar azizlar! Hozir biz o'zbek boksi tarixida Olimpiadaning ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritilishini guvohiga aylanishimiz mumkin! Nasib bo'lsa, shunday bo'ladi ham!


22:05. Fazliddin G'oibnazarov keyingi bosqichda amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi.


21:50. Ana endi Hasanboy Do'stmatov ishtirokidagi FINAL JANGINI KUTAMIZ!


21:40. Yaxshiii! Hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov raqibini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'llanma oldi.


21:25. Fazliddinning hindistonlik raqibga qarshi jangi boshlandi.


21:12. Birozdan so'ng ringga Fazliddin G'oibnazarov chiqib keladi.


20:35. Bu orada 42 km 195 metr masofada o'tkazilgan marafon musobaqasida 157 nafar atlet orasida ikki hamyurtimiz – Marina Xmelevskaya va Sitora Hamidova ishtirokini yakunladi. Yosh sportchimiz Hamidova yakunda 54, Xmelevskaya esa 77-o'rinni egalladi. Bu Sitoraning shaxsiy rekordi bo'ldi. 


20:30. 21:15 da bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov ringga chiqadi.


20:25.  Afsuski, Tasmuradov raqibiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va endi bronza medali uchun jang qiladi. Ushbu jang tunda 01:00da boshlanadi.


20:15. Elmurotning final uchun jangi boshlandi!


19:48. Yana birozdan so'ng yarim final bahsida kurashlar boshlanadi


19:46. Tasmurodov finalga chiqish uchun kubalik sportchiga qarshi gilamga chiqishi kerak bo'ladi!


19:44. Marafon. Sitora 35 km dan so'ng 54-o'rinda ketmoqda. U peshqadamdan 11 daqiqa ortda qolmoqda.


19:32. Ajoyib! Elmurot raqibini 9:0 hisobida muddatidan oldin mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!


19:27. Elmurotning jangi boshlanmoqda! Omad! Yarim final kerak!


19:14. Birozdan so'ng Elmurot Tasmurodov yarim finalga chiqish uchun shimoliy koreyalik raqibiga qarshi jang o'tkazadi.


19:10. Marafon. 25 km dan so'ng Sitora 78, Masha esa 118-o'rinlarda ketmoqdalar.


19:05. Afsuski, Turdiev raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi...


18:55. Dilshod Turdiev jangni boshladi


18:40. Yaxshi! Kurashchimiz serbiyalik raqibini 7:2 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga yo'llanma oldi. Uning navbatdagi raqibi shimoliy koreyalik sportchi bo'ladi!


18:31. Tasmurodov gilamga chiqdi.


18:30. Marafon. Dastlabki 15 km dan so'ng Sitora 93, Marina esa 128 o'rinda ketmoqdalar.


18:10. Yana birozdan so'ng -59 kg vaznli kurashchimiz Elmurat Tasmurodov serbiyalik Kristian Frisga qarshi gilamga chiqadi.


18:00. Bu orada yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar boshlandi. Bugun ikki nafar sportchimiz ushbu musobaqada qatnashadilar.


17:50. Dastlabki 5 kmdan so'ng Hamidova 107, Xmelevskaya esa 141 o'rinlarda ketishmoqda!


17:30. Diqqat, sportchilarimizning ishtiroklari boshlandi! 157 nafar ishtirokchi ichida Marina Xmelevskaya va Sitora Hamidovalar yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Qizlarimizga omad! Sportchilarimiz 42 kilometr 195 metr masofani birinchi, ikkinchi yoki uchinchi bo'lib bosib o'tishlari lozim :)


17:15. Yana birozdan so'ng marafonchi qizlarimiz startga chiqadilar.


16:20. Bugun quyidagi sportchilarimiz Olimpiadada ishtirok etadilar:


Marina Xmelevskaya - (Engil atletika, marafon) - 17:30

Sitora Hamidova - (Engil atletika, marafon) - 17:30

Elmurot Tasmurodov - (Yunon-rum kurashi, -59 kg, 1/8 finaldan finalgacha) - 18:00 dan keyin

Dilshodjon Turdiev - (Yunon-rum kurashi, -75 kg, 1/8 finaldan finalgacha) - 18:00 dan keyin

Fazliddin G'oibnazarov - (Boks, -64 kg, nimchorak final) - 21:15

Hasanboy Do'stmatov - (Boks, -49 kg, FINAL) - 22:15

Oksana CHusovitina - (Sport gimnastikasi, vault, FINAL) - 22:47

Murodjon Ahmadaliev - (Boks, -56 kg, nimchorak final) - 02:15


16:15. Assalomu alaykum. Bugun Olimpiadaning 9-kuni bo'lib o'tadi. Rioda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarning chiqishlarini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+1   
15 avg 00:27:04
shohrux mardonov
Mustaqillik farzandi olimpiada chempioni yashavor
+1   
15 avg 00:01:11
Jamshidbek
Ofarin xato Onajonim közlarida yosh bilan G'alabangni nishonladilar Ota Onanga ming raxmat Butun Uzbekiston Farg'ona Vodiysi Marg'ilon Axli san bilan faxrlanadi Olg'aaa bu xali boshlanishi
+1   
14 avg 23:56:12
barsuz
Murodjon barcha Chustliklar senga omad tilaydi.
+1   
14 avg 23:01:49
Shoxrux Sobirov
Qoyil hali bunaqa tezkor boksyorri körmagandim. Atomniy muravey molodets. Columbiyali qanaqqib muwt yeyatganiniyam chunmi qoldi. Otezga rahmat Do'stmatov!
   
15 avg 07:59:12
Chiroqchi sity
Bos gaziga uzbek.
   
15 avg 04:51:29
Prinse_Fanfan
Daryo habar beradi: Hozirga qadar terma jamoa 1 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boksning 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan Hasanboy Ergashev oltin medalniqo‘lga kiritgan bo‘lsa, Olimpiadada kuchli uchlikdan joy olish dzyudochilarRishod SobirovvaDiyorbek O‘rozboyev, bokschiRustam To‘laganovva yunon-rum kurashi ustasiElmurod Tasmurodovganasib qildi. Xatolikni sezdingizni hamma bilgan daryo.uz xabari bu bu nimasi axir AQSH ga o'xshab 26 ta oltin olsak ham mayliydi bular zerikibdida deysan odam 1 ta oltinni to'g'ri nishonlashdi bilmaydi bular yana numamush 3 raundaga ko'ra 3:0 mush
   
15 avg 03:13:12
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Aguero foydalanuvchining fikriga javob berish
Negadir qozoq saytlarida oʻzbek boxchiga sudyalar yon bosti deb yozishyapti. Jangni koʻrganlar aniq ma'lumot bervorilar bizni boxchimiz haqqoniy gʻalaba qildimi ?
Bokschimiz ajoyib jang qildi, hech qanday imkoniyat qoldirmadi!!!
   
15 avg 02:51:58
Aguero
Negadir qozoq saytlarida oʻzbek boxchiga sudyalar yon bosti deb yozishyapti. Jangni koʻrganlar aniq ma'lumot bervorilar bizni boxchimiz haqqoniy gʻalaba qildimi ?
   
15 avg 02:36:13
Aguero
Boxchilarimizga koʻz tegmasin ilohim
   
15 avg 02:35:10
sanjar
G'alaba muborak
   
15 avg 02:34:29
sanjar
Muroddan g'alaba
   
15 avg 02:33:48
Aguero
Kaka yutdi ))))))
   
15 avg 01:53:23
AlexiS_DaN
Куз тегмасин) Яша узбегим
   
15 avg 01:21:35
sanjar
Bugun reytingda 35 o'rinni egalagan bo'lsak, ertaga agar oltin olsak yanada ko'tarilamiz
   
15 avg 01:17:40
umatillayev
barsuz foydalanuvchining fikriga javob berish
Murodjon barcha Chustliklar senga omad tilaydi.
Murodjon Chustni qayeridan? Siz ham Chustdanmi?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing