21 iyu 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223851_220.jpg)
Rioda SHahramni finalda mag'lub etgan qozog'istonlik chempionning jangi qoldirildi
Qozog'istonlik bokschi Daniyar Eleusinovning navbatdagi jangi qoldirildi.
IBO kamari sohibi 25 iyun kuni Ukraina vakili Ivan Golubga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi, biroq Ukrainadagi urush sababli jang boshqa sanaga qoldirildi.
Malumot uchun, Daniyar Eleusinov so'nggi bor o'tgan yilning dekabr oyida Ernan Lealni mag'lub etib, kamarga ega chiqqandi. U professional faoliyati davomida 12 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar