20 iyu 13:42
Yangiliklar
Dzyudo
Rishod Sobirov yangi lavozimda ish boshlash oldidan nimalar dedi?
Kecha Olimpiadaning uch karra sovrindori Rishod Sobirov O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi etib tayinlandi.
"Ushbu lavozimda ish boshlash men uchun katta sharaf. Yangi joyda yangi kuchlar bilan ish boshlayapman. Mamlakatimizda dzyudoni rivojlantirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilaman. Qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Hozirda asosiy maqsadimiz Tokiodagi Olimpiada-2020 uchun kuchli dzyudochilarni tayyorlab berishdir. O'zimga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuchimni sarflashga tayyorman", - deydi Rishod Sobirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar