14 noy 21:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Ro'ziboev Octagon 25 turnirining anderkard jangida oktagonga ko'tarildi + FOTO
Ayni daqiqalarda Qozog'istonning Octagon ligasi tomonidan navbatdagi raqamlangan turnir o'tkazilyapti.
Almati shahrida tashkil etilayotgan Octagon 25 turnirida o'zbekistonlik MMA ustasi, andijonlik 25 yoshli Mashrabjon Ro'ziboev ukrainalik Konstantin Linnikka qarshi jang o'tkazdi. Qirq soniya davom etgan jangda kichik Ro'ziboev raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi bahsni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
Malumot uchun, taniqli MMAchimiz Nursulton Black Ro'ziboevning ukasi hisoblangan Mashrabjon Ro'ziboevning MMAdagi natijasi 12 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durangni tashkil etmoqda. Mashrabjonning raqibi Konstantin Linnik esa bugun faoliyatidagi 21-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 27 g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar