22 iyu 12:57
Yangiliklar
![](/upload/storage/227634_220.jpg)
Ruis Luis Ortisni mag'lub etganidan so'ng kim bilan jang qilmoqchiligini aytdi
Meksikalikning fikricha, uning sobiq raqibi ukrainalik bokschini mag'lub etishi mumkin ekan.
"Entoni Usikni mag'lub eta oladi. Superog'ir vaznda hamma narsa bo'lishi mumkin. Bitta aniq zarba hammasini hal etadi. Menimcha, bu kim ko'proq och ekanligiga bog'liq. Joshua doim o'rnidan turgan, lekin yutqazdi. Ammo, g'alaba qozonish uchun yana jang qildi. Usik ham kuchli jangchi. Uning jang uslubi ajoyib", — dedi Ruis.
SHu bilan birga Ruis Usik bilan jang qilish istagi borligini aytdi.
"4 sentyabr kuni Luis Ortisni mag'lub etaman. Agar Uaylder bilan jang tashkil qila olmasak, unda keyingi nishon Usik bo'lishi mumkin", — deya qo'shimcha qildi Ruis Fight Hub Tv kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Jidda shahridagi Super Dome arenada bo'lib o'tadi.
Fikrlar