19 iyu 10:23
Yangiliklar
Rus derbisida Ekaterina ustun keldi va o'z unvonini himoya qildi
Final uchrashuvi rus derbisiga aylandi. Unda WTA reytingida 26-pog'onada borayotgan Ekaterina Aleksandrova dunyoning 14-raketkasi bo'lib turgan vatandoshi Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Aleksandrova 4/6, 6/4, 7/6(3) hisobidagi irodali g'alabani tantana qildi.
Bu bilan uchun u chempionlik unvonini saqlab qoldi. Bu hamyurtlarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi edi - 2:2. Aleksandrova 9, Kudermetova 10 ta eys zarbani ijro etgan. Breyklar ikkala tennischida ham 3 tadan bo'ldi.
Bu Aleksandrovaning faoliyatidagi to'rtinchi WTA sovrini bo'ldi. U bu safargi ishtirokidagi 280 reyting ochkosi va 29,760 evro mukofot puli ishlab oldi. Kudermetova esa 180 ochko hamda 17,590 evroga ega bo'ldi.
Fikrlar