10 dek 09:08
Yangiliklar
Saidjamshid ringga chiqqan "IBA chempionlar oqshomi"ning asosiy jangi to'liq davom etdi
Turnirning asosiy jangi engil vazn (61,2 kg) toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Albert Batirgaziev (10-0, 7 KO) kubalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Lasaro Alvares (6-0, 3 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 10 raund davom etdi va yakunda Batirgaziev hakamlarning yakdil qarori (98:92, 97:93, 97:93) bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Prof ringdagi 11-g'alabasini tantana qilgan Albert IBA chempionlik kamari bilan birga 300 ming AQSH dollari miqdoridagi gonorarni ham qo'lga kiritdi. Faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan Lasaro Alvares esa 200 ming dollarga ega bo'ldi.
Etiborlisi, taqdirlash marosimida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ham ishtirok etdi va shaxsan o'zi kamarni Batirgazievga taqib qo'ydi.
Fikrlar