25 sen 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov: "Pul yoki uy so'ramayapman, menga jang bering!"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
So'nggi bor iyul oyida Ronni Lourensga qarshi jang o'tkazib g'alaba qozongan hamyurtimiz Dana Uaytga quyidagicha murojaat qildi.
"Avgust oyiga qadar men ikki bor jang qildim. Men pul yoki yashash uchun uy so'rayotganim yo'q, menga jang bering, Dana Uayt. Qolganini o'zim amallayman", - dedi Qahramonov.
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi birinchi jangini o'tgan yilning 22 avgustida Trever Jonsga qarshi, ikkinchi jangini esa 10 iyul kuni Ronni Lourensga qarshi o'tkazgan.
Avvalroq, hamyurtimiz UFC 279 turniriga munosabat bildirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar