04 avg 09:42
Yangiliklar
![](/upload/storage/42953_220.jpg)
Sanjar Rahmonov prof ringdagi 12-jangini o'tkazdi
NABF chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan hamyurtimizga bugungi jangda amerikalik Markus Teylor raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang Las-Vegas shahridagi “Sam's Town Hotel & Gambling Hall” arenasida o'tkazildi.
Afsuski, sakkiz raundlik jang yakunida hakamlar g'alabani amerikalik mezbon bokschiga taqdim etishdi. Sanjar Rahmonov ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchradi. Bu uning prof ringdagi ilk mag'lubiyati bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sanjar Rahmonov professional faoliyati davomida 12ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alabaga erishgan (5tasi nokaut bilan). Bitta to'qnashuvda durang qayd etilgan. Bugun ilk mag'lubiyat bo'ldi. Teylor esa prof ringda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 11ta jang o'tkazgan va ularning 10tasida g'alaba nashidasini surgan. Bittasida esa mag'lub bo'lgan.
Fikrlar