29 jan 19:29
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Osiyo o'yinlari
Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan qishki Osiyo o'yinlari nomalum muddatga qoldirildi
Saudiya Arabistoni Olimpiya qo'mitasi va Osiyo Olimpiya Kengashining (OCA) bayonotiga ko'ra, Neom megaloyihasining bir qismi bo'lgan ko'rgazmali tog' kurortida o'tkazilishi rejalashtirilgan 2029 yilgi qishki Osiyo o'yinlari keyinroq muddatga qoldirilgan.
Musobaqaning yangi jadvali taqdim etilmagan va ikkala tashkilot ham qo'shma bayonotda kechikish sababini keltirmagan.
Xorij matbuoti musobaqa ortga surilishining asosiy sababini Neom megalohiyasiga yirik moliyaviy qo'llab-quvvatlov zarur ekani bilan bog'lamoqda.
Eslatib o'tamiz, so'nggi qishki Osiyo o'yinlari 2025 yilning fevral oyida Xitoyning Xarbin shahrida o'tkazilgandi. O'sha musobaqada O'zbekiston delegaciyasi 1 ta oltin medalga ega chiqqani barchamizning yodimizda.
Havola :
Manba : insidethegames.biz
Fikrlar