20 sen 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Per Xabib bilan jang qilmaganidan afsusda
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per professional faoliyati yakunida bekor bo'lgan ikkita muvaffaqiyatsiz jangni esladi.
"Men har doim eng zo'ri bo'lishni xohlardim. Buning uchun o'zim istagan ikkita jang bo'lib o'tishi kerak edi. Lekin ular negadir tashkil etilmadi. Ulardan birinchisi - Anderson Silva, ikkinchisi esa Xabib Nurmagomedov!
Jangni tashkil qilish uchun sizga ikki jangchi va promouter kerak. Agar ikkala jangchi ham jang qilmoqchi bo'lsayu, ammo promouter uni tashkil qila olmasa, hech qanday jang bo'lmaydi. Jangchilar shartlarni aytadi, keyin muzokaralar bo'lib o'tadi va promouter katta sahnaga chiqadi. Afsuski, biz bunga erisha olmadik.
Silva, Xabib va men. Agar bu janglarni hozir o'tkazsak, butunlay boshqacha bo'ladi. CHunki, biz ancha vaqt yo'qotdik", - dedi Sen-Per.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar