27 may 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Sergey Kovalyov: Agar Abror aka yonimda bo'lganida, Uord bilan revanshga hojat qolmasdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov murabbiyi Abror Tursunpo'latovni maqtadi.
Hamyurtimiz mana bir necha oydirki, rossiyalik bokschiga murabbiylik qilib kelyapti. Abror Tursunpo'latov Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning shaxsiy murabbiyi ham hisoblanadi. Kovalyov Tursunpo'latov qo'l ostida chempion bo'ldi va chempionlik kamarini himoya qildi.
“Agar Tursunpo'latov Andre Uord bilan o'tkazgan ilk jangimda yonimda bo'lganida, amerikalik bokschiga qarshi revansh jangining o'tkazilishiga hojat qolmas edi. Birinchi jangda hakamlar xatoga yo'l qo'yishdi. Revansh jangiga esa men na ruhan, na jismonan va na sport formasida bo'yicha tayyor emasdim”, — dedi Kovalyov.
Havola :
Fikrlar