17 sen 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudo Moskvaga kelishda UFC chempionlik kamarini yo'qotib qo'ydi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Genri Sexudo Moskvaga safari chog'ida chempionlik kamarini yo'qotib qo'ydi.
Sexudo Moskvadagi turnirga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan edi.
“Afsuski, bagajda mening chempionlik kamarim bor edi. Avval men Olimpiadada qo'lga kiritgan oltin medalimni yo'qotgandim. Aniqrog'i, medalim 2017 yili Kaliforniyadagi yong'inda yonib ketgandi. Oltinlarim bilan nimadir bo'lyapti. Ularni o'zimda saqlab qololmayapman”, - dedi Sexudo.
Eslatib o'tamiz, Genri Sexudo yaqinda mashhur sportchi Demetrius Jonsonni shov-shuvli tarzda mag'lub etib, UFC chempioniga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar