09 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov AQSHga jo'nab ketdi + FOTO
Professional bokschimiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida AQSHga yo'l oldi.
"Xayr, O'zbekiston! Salom, Amerika! Biz yo'lga chiqdik. Tez kunda yangi jang sanasi va raqib haqida malumot beramiz", - deya surat ostida izoh qoldirgan G'iyosov.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov kuni kecha Serbiyada yakuniga etgan jahon chempionatidagi ilk jangida qozog'istonlik Arslanbek SHimbergenovga qarshi ringga ko'tarilgan va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar