30 okt 17:16
Yangiliklar

SHahram G'iyosov mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga video murojaat yo'lladi
Bokschimiz jangdan so'ng Instagram sahifasiga video joyladi. SHahram ushbu videoda muxlislarga murojjat yo'lladi.
G'iyosov videoda hakamlar unga adolatsizlik qilganiga shama qildi.
«Avvalo, butun xalqimizga bildirilgan ishonch , qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men hech narsa demoqchi emasman. O'zingiz ko'rdingiz, hakamlar nima qildi, nima qo'yishdi. 3 raundni ham ko'rdingiz. Havaskor boksda 4 yildan buyon jang qilmagan edim. Juda yaxshi jang bo'ldi deb o'ylayman. O'zim ham mazza qildim. Endi buyog'ini hakamlar hal qildi. Meni hakamlar bilan ishim yo'q. Hammasi sizlarga bog'liq. O'zingiz hakamsiz, fikrni o'zingiz aytasiz. In SHaa Alloh, tez kunlarda AQshga jo'nab ketaman, professional boksda navbatdagi jangimni o'tkazaman. Duo qilib turasizlar. Hammaga rahmat», - deya videoga yakun yasadi G'iyosov.
Fikrlar