15 iyu 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov nokautchi raqibini birinchi raundda nokaut qildi
Rio Olimpiadasi sovrindori SHahram G'iyosov AQSHning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida ringga ko'tarildi.
Hamyurtimizning hozirgina yakuniga etgan jangdagi raqibi meksikalik tajribali bokschi Daniel Echeverriya bo'ldi. Jang kutilganidan ancha avval yakunlandi. SHahram nokautchi raqibini birinchi raundning o'zida nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Kuchli zarbani o'tkazib yuborgan Echeverriya xatto o'rnidan ham tura olmadi.
Malumot uchun, meksikalik 26 yoshli bokschi bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda prof boksda 25ta jang o'tkazib, ularning 19tasida g'alaba qozongan. O'n ettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Bugun u oltinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. SHahram esa 3ta jangda 3ta g'alaba qayd etdi, shulardan ikkitasi nokaut.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar