12 okt 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov rossiyalik bokschiga qarshi jangi haqida ilk bor fikr bildirdi
Yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi SHahram G'iyosov 14 noyabr kuni Toshkentda ringga ko'tariladi.
"Har bir jang biz uchun katta ahamiyatga ega. Har bitta jang bu oldinga tashlangan qadam, har bir g'alaba bizni chempionlik sari etaklaydi. SHuning uchun, har bir jangimga raqib qanday bo'lishidan qati nazar, jiddiy tayyorlanib, g'alaba qozonish — asosiy maqsadim. Raqibim tajribali bokschi. Yaxshilab tayyorlanish kerak. O'zimizning muxlislar oldida jang qilamiz. SHahram shouni ko'rsatmoqchiman, In SHa Alloh. G'alaba qozonib, chempionlik sari yana bir qadam tashlamoqchiman", dedi G'iyosov.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli hamyurtimiz "Humo Arena" mezbonlik qiladigan prof boks oqshomida Rossiya vakili Mark Urvanov (25-4-2)ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Lift Promotions
Fikrlar