16 noy 08:12
Yangiliklar
SHahram G'iyosovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Bokschimiz hamkorlik qiluvchi "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi vakilining xabar berishicha, SHahram G'iyosov faoliyatidagi o'n beshinchi jangini 2024 yil 13 yanvar kuni o'tkazadi. O'sha kuni hamyurtimizga meksikalik bokschi Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi.
Malumot uchun, SHahram prof boksda hozirgacha 14 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan, janglarining to'qqiztasida muddatidan ilgari zafar quchgan.
Uning bo'lajak raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o'tkazgan va ularning 35 tasida g'alaba qozongan, 8 ta jangda mag'lub bo'lgan va 1 ta jangida durang qayd etilgan. Ahamiyatlisi, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqgan va har ikki jangda mag'lub bo'lgan.
Fikrlar