10 noy 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahramni Olimpiya o'yinlari finalida mag'lub etgan qozoq bokschisi jahon chempionligi uchun ringga ko'tariladi
Qozog'istonlik bokschi Daniyar Eleusinov (10-0, 6 KO) navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishini bilib oldi.
Daniyar 18 dekabr kuni IBO va IBF Inter-Continental kamarlari uchun ringga ko'tariladi. Hozircha raqib nomi malum emas.
Malumot uchun, Daniyar Eleusinov ayni paytda IBF Inter-Continental kamari egasi bo'lib turibdi. IBO kamari esa vakant, yani egasiz.
Eslatib o'tamiz, aynan Daniyar Eleusinov Rio-2016 finalida hamyurtimiz SHahram G'iyasovni mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar