08 sen 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko raqibsiz qoldi, Montano chempionlik kamaridan mahrum qilindi
Aralash qoidalar bo'yicha 56,7 kilogrammgacha vazn toifasida UFC chempioni Nikko Montano chempionlik kamaridan mahrum qilindi.
Bu malumotni UFC prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi. Nikko bugun qirg'izistonlik Valentina SHevchenkoga qarshi jangda ilk chempionlik himoyasini o'tkazishi kerak edi.
Lekin tarozidan o'tish marosimidan oldin chempionni kasalxonaga olib ketishgan. Uning vazn tashlash chog'ida salomatligi yomonlashgan. UFC shifokorlari sportchining buyragida muammo yuzaga kelishidan havotir olib, Nikkoni gospitalga jo'natishgan.
Dana Uaytning aytishicha, Nikko Montana endi jahon chempioni emas, unga tegishli bo'lgan chempionlik kamari vakant, yani egasiz maqomda bo'ladi. Tez orada Valentina SHevchenkoga yangi raqib tayinlanadi.
Havola :
Fikrlar