22 may 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov mag'lubiyatiga izoh berdi
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz SHohasan Mirzamatov kechagi mag'lubiyatidan so'ng Instagram sahifasida post qoldirdi.
Kecha Qo'qon shahrida bo'lib o'tgan MPL 5 turnirining markaziy jangida SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik Edil Esengulovga qarshi oktagonga ko'tarildi. Afsuski, ushbu jangda hamyurtimiz raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Hammaga assalomu alaykum. Allohni izni bilan bugun omadim kelmadi. Hammasi yaxshilikka, In SHaa Alloh. Barcha qo'llab-quvvatlaganlarga katta rahmat. Edil Esengulov, seni g'alaba bilan tabriklayman", - deya postga yakun yasagan Mirzamatov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar