31 dek 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev 2023 yilni sarhisob qildi
CHarm qo'lqop ustamiz aynan yakuniga etib borayotgan yilda professional boksdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
SHohjahon Ergashev 26 noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridada o'tkazilgan jangda IBF yo'nalishi chempioni Sabriel Matiasga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu hamyurtimizning 24 ta jangdan iborat faoliyatidagi ilk mag'lubiyat edi.
"2023 yilni sarhisob qiladigan bo'lsak, yil juda og'ir keldi. Sport faoliyatimda ilk mag'lubiyat bo'ldi. Undan tashqari qattiq jarohat oldim. Lekin hammasi orta qoldi. Kelasi yil yaxshi bo'ladi deb umid qilamiz va Allohdan shuni so'rayapmiz. O'zim ham shunga harakat qilaman. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Yaqin insonlarim, oilam, ota-onam, aka-ukalarga minnatdorlik bildiraman. Hammaga 2024 yil omadli kelsin", - dedi Ergashev.
Havola :
Fikrlar