So’nggi yangiliklar

11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0

07 jan 17:37
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon Ergashev: "Bu postni o'chirib tashlaymiz!"

Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev ikki o'zbek bokschisi o'rtasida jang qilib berish istagida ekanini aytgandi.

SHu maqsadda u Abbosxon Yo'ldoshev va Bekzod Isadullaev bilan birga uchrashgan ham edi. 

SHohjahon Ergashev o'shanda "Sizlar revansh jangini ko'rishni xohlarmidingiz? Shohjahon Promotions promouterlik kompaniyasi shu jangni tashkil qilish harakatida. Nima deb o'ylaysiz, revansh jangida kim g'alaba qozonadi?", - deya surat ostida izoh ham qoldirgandi . 

Bekzod Isadullaev esa bunga javoban, jangni intizorlik bilan kutayotganini yozgandi. Ammo bu jang amalga oshmaydigan ko'rinadi. Ergashev Instagram storis sahifasiga o'sha suratni joylab, unda quyidagi izoh qoldirdi.

"Biz jangni tashkil qila olmadik. Bekzod tomondan javob bo'lmadi. Biz o'z tarafimizdan taklifizni berdik. Lekin ular bizning taklifni javobsiz qoldirishdi. Ikkala sportchiga ham omad tilaymiz. O'zlarining rejalari bor deb qo'ydik. Birgalikda suratga tushib, instagramga qo'ygan bu postimizni esa endi o'chirib tashlaymiz", - deya vaziyatga izoh bergan Ergashev. 

Eslatib o'tamiz. Abbosxon Yo'ldoshev hamda Bekzod Isadullaev o'rtasidagi ilk jang durang natija bilan yakunlangan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing