04 jan 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev navbatdagi jangi sanasini elon qildi
Super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev Instagram tarmog'idagi jonli efir paytida navbatdagi jangi tafsilotlarini ochiqladi.
"SHu kunlarda AQSHga uchib ketishim kerak. Boisi, kecha promouterim Dmitriy Salita qo'ng'iroq qilib, 28 mart kuniga jang taklifini berdi. Men qabul qildim. Yana kamar uchun majburiy davogarlik maqomidagi jang bo'ladi. Keyin esa revanshga harakat qilaman. SHuni harakatida yaxshi jang o'tkazmasak bo'lmaydi. SHunday ekan, ketishga harakat. 28 mart, Amerika!", - dedi Ergashev.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev 2023 yil 26 noyabr kuni AQSHda IBF chempioni Sabriel Matias bilan jang qilib, muddatidan oldin mag'lubiyatga uchragan edi. Bu uning faoliyatidagi hozircha yagona mag'lubiyat bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar