18 iyu 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini kimga o'tkazishi malum bo'ldi
Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev 19 avgust kuni Moskva shahrida jang qilishi haqida xabar berib o'tgandik.
Bugun bokschimizning raqibi ham malum bo'ldi. Ergashevga navbatdagi jangida ugandalik Juma Vasva raqiblik qiladi. Ushbu jangda SHohjahon o'zining WBA International kamarini himoya qiladi.
Malumot uchun, SHohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Vasva esa bungacha professional boksda 13 ta jang o'tkazib, ularning 10 tasida g'alaba qozongan (4ta nokaut). 2ta jangda mag'lub bo'lgan bo'lsa, 1ta to'qnashuvda durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar