08 okt 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA

SHveciya va Finlyandiya rossiyaliklar ishtirokidagi boks musobaqalariga boykot elon qildi
SHveciya boks assosiaciyasi prezidenti Per-Aksel SHexolm IBA'ning qaroriga munosabat bildirdi.
Halqaro boks assosiaciyasi (IBA) kecha Rossiya va Belarus bokschilari, shuningdek ukrainalik bokschilarga qo'yilgan taqiqlarni olib tashlagan edi.
"Bu mutlaqo qabul qilib bo'lmas qaror. Bir guruh demokratiya uchun kurashyapti, boshqasi esa demokratiya haqida o'ylamay, o'z yo'lidan boryapti. Biz Rossiya va Belarus bokschilari qatnashadigan musobaqalarda ishtirok eta olmaymiz. Bilishimcha, Ispaniya ham qatnashmaydi. G'arbiy Evropaning katta qismi bu holatga qarshi", - SHexolmning so'zlarini keltiradi SVT portali.
SHveciyadan tashqari, Rossiya va belarusliklar ishtirok etadigan turnirlarga Finlyandiya ham boykot elon qilgan.
Havola :
Manba : Boxing Insider
Fikrlar