14 iyu 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq "qariya chempion" mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga murojaat qildi
Yarimog'ir vaznda sobiq UFC chempioni Glover Teysheyra Irji Proxazkadan qabul qilgan alamli mag'lubiyatidan so'ng, ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qildi.
"Bor kuchimni sarfladim, ammo bu etarli bo'lmadi. Biz kichik zarba qabul qilib oldik. Uning qo'li bo'ynimdaligida, men juda ham charchagan edim. Harakat qilishim kerak edi, ammo endi afsus chekish uchun kech.
Kelinglar, olg'a borishda davom etamiz. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga o'z minnatdorligimni bildiraman. Menda hammasi joyida, biroz jarohatlarim bor, ammo olg'a borshga tayyorman", - deydi Teysheyra.
Eslatib o'tamiz, yakshanba tongida Teysheyra Proxazkaga qarshi jangda mag'lub bo'lib, kamaridan ayrilgan edi.
Mazkur jangning to'liq videosini saytimizning telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin!
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar