16 okt 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC jangchisi: "Jangchilarga 10 mingdan, ring-gyorl esa 70 ming dollar ishlab olishi mumkin"
Sobiq UFC jangchisi Yuraya Xoll promoushendagi bazi jangchilarning gonorari kamligi haqida gapirdi.
"Boksda menga odatdagidek maosh to'lashadi, UFCʼda esa kareramni yo'lga qo'yishimga yordam berishdi. Men bunda yaxshi pul ishlashga muvaffaq bo'ldim. Garchi shartnomalar hamma uchun har xil bo'lsa-da, ko'p narsalar adolatsiz bo'ladi deb o'ylayman. Jeyk Pol bu haqda gapirgan va u juda yaxshi ish qilyapti. Men 10 000 dollar oladigan bazi jangchilarni bilaman. Ring-gyorllar esa bitta jangdan 70 ming dollar ishlab olishlari mumkin. Bu aqlga sig'maydi", - deydi Xoll.
UFCʼdan ketgach, Yuraya Xoll professional faoliyatini boksda davom ettirishga qaror qildi. U ayni damda NFLning sobiq o'yinchisi Leveon Bellga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar