18 noy 10:02
Yangiliklar

So'nggi kungi xabarlarga ko'ra UFC besh nafar jangchisi bilan xayrlashgan
Livia Souza, Laureano Staropoli, Endryu Sanches, Tim Pakalen va Randa Markos tashkilotdagi joyini bo'shatib qo'ygan.
Braziliyalik Sousa ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng UFC'ni tark etadi. Argentinalik Staropoli o'yinni ikkita g'alaba bilan boshlagan bo'lsada, shundan so'ng to'rtta mag'lubiyatga uchradi. Amerikalik Sanches 2016 yildan boshlab UFC'da. O'shandan beri u 10 ta jang o'tkazdi, 5 marta g'alaba qozondi va shuncha marta mag'lubiyatga uchradi. Finlyandiya vakili Pakalenda vaziyat boshqacharoq - 34 yoshli Tim yaqinda faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Ammo kanadalik Markos oxirgi jangni o'z foydasiga yakunlab, yuqorida aytib o'tilgan Livia Sousani mag'lub etdi. Biroq, bungacha Randa ketma-ket to'rt marta mag'lubiyat alamini tatib ko'rgandi.
Fikrlar