09 okt 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Sotildi!". Toni Fergyuson Poreni aybladi. Makgregorni esa "xalqaro terrorchi" deb atadi
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson Dastin Poreni Konor Makgregor fondiga 500 ming dollar o'tkazishi sabab UFCdagi jangga rozi bo'lganligiga keskin fikr bildirdi.
"Qanday kelishuv?! Sen xalqaro terrorchidan pora olyapsan. Qoyil, yigitcha! Men Amerika nomidan chiqaman. Bu kelishuvlaringni barchasi o'yin va qo'rquv. Men bunday ishlardan chetdaman. Pulni ol va soxta faxrni his qil!», -dedi Toni Fergyuson o'z tvitter sahifasida.
Hozirgi vaqtda Fergyusonning raqibi malum emas. Avvalroq, menejer Ali Abdelaziz Fergyusonga Islom Mahachev bilan jang qilishni taklif qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar