05 iyu 11:52
Yangiliklar

Stiven Fulton WBC va WBO kamarlarini Deniel Romandan himoya qildi
Oqshomning markaziy jangi ikkinchi engil vazn (55,3 kg) toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Stiven Fulton hamda davogar Daniel Roman zrtasida o'tkazildi. Amerikalik bokschilar o'rtasidagi ushbu chempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi.
Yakunda Fulton hakamlarning yakdil qarori bilan 119-109, 120-108, 120-108 hisoblarida g'alaba qozonib, o'ziga tegishli bo'lgan WBC va WBO chempionlik kamarlarini saqlab qoldi. Mag'lubiyatni nimaligini bilmay kelayotgan 27 yoshli Stiven faoliyatidagi 21-g'alabasini (8 ta nokaut) tantana qildi.
Sobiq jahon chempioni Roman esa to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Mag'lubiyatlardan biri hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev tomonidan taqdim etilgandi. Hisobida 29 g'alaba (10 nokaut) va bir durang ham bor.
Jangdan so'ng Stiven Fulton asosiy maqsadi o'z divizionidagi barcha kamarlarni birlashtirish ekanligini aytdi. Ushbu vaznda WBA va IBF chempionlik kamarlari Murodjon Ahmadalievga tegishli. CHarm qo'lqop ustamiz 2020 yilda aynan Romandan WBA va IBF kamarlarini tortib olgan edi.
Fikrlar