20 may 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Stivenson vs Jek: Jang durang bilan yakunlandi, kamar chempionda qoldi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Adonis Stivenson o'z kamarini himoya qildi.
Bugun Adonis Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilgan professional boks kechasining markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Badu Jekka qarshi ringga ko'tarildi. Jang biroz kutilmaganda durang natija bilan yakunlandi.
Hakamlardan ikki nafari jang 114-114 hisobida durang bilan yakunlanganini qayd etdi. Uchinchi hakam esa 115-113 hisobida g'alabani Jekka taqdim etdi. Qoidaga ko'ra durang qayd etilganda chempionlik kamari o'z egasida qoldi.
Havola :
Manba : allboxing,ru
Fikrlar