29 dek 11:05
Yangiliklar
Tahliliy maqola. FIA qonunidagi yangi punkt odamni o'ylantirib qo'ymoqda
Poyga tashkilotchilari shu orqali yumshoqlik bilan poygachilardan og'zini "yopib" yurishlarini so'rayotganga o'xshaydi. Avtograf-sessiyalarda tabassum-la bo'lish, promouterlarni maqtash, homiylar qo'lini siqib qo'yish va boringki, o'zi haqida iliq fikrlar aytish.
12.2.1.n qoidasi paydo bo'lganidan keyin, nafaqat avtosportda, balki, "Formula-1"da FIA yoki tegishli federaciyaning ruxsatisiz siyosiy, diniy va bu boradagi shaxsiy fikrlarni bayon qilish, muhokama etish, tashkilot tomonidan ilgari surilgan neytralitet tamoyillariga zid bo'lgan izoxlar berish qisman taqiqlandi.
Kodeksning bu bandi, tabiiyki, ortiqchadek ko'rinadi. CHunki 12.2.1.f qoidasi orqali qatnashchilardan FIAga, uning organlari yoki vakolatli shaxslariga, shuningdek, avtosport va uning qadriyatlariga manaviy zarar etkazadigan harakat, so'zlar yoki xabarnomalar tarqatish taqiqlangan. CHunki istalgan paytda ehtiyotsiz ishlatilgan ibora yoki so'z FIA yoki uning organlariga etkazilgan zarar sifatida ko'rilishi mumkin. Demak, oldinlari ham bu boradagi shaxsiy fikrlarni aytish taqiq ostida bo'lgan.
Masalan, 12.2.1e punkti bor - u "FIA tomonidan berilgan qarorlarni rad qilish yoki qila olmaslik" kabi qoidabuzarliklarni saralab boradi. Biroq Lyuis Xemilton tashkilot tomonidan taqiqlanganidan keyin ham pirsing bilan musobaqada qatnashdiku? Eslatib o'tamiz, o'sha kunlari Mayamida Gran-Pri bahslari bo'lib o'tayotgandi va o'shanda poygachilar FIAdan beton devorni yopishni va o'rnini nurlarni yutib turuvchi qanotlar orqali to'ldirishni so'rashdi. O'shanda bu birgina pilotning pirsing bilan chiqishidan ham muhimroq bo'la olmadi.
Xo'sh, aslida Formula-1 pilotlariga siyosiy "jangda" qatnashishni taqiqlash qanchalik mantiqli? Aslini olganda, bu ikki holatda muammo keltirib chiqarishi mumkin: Fettelning neft olishdagi noroziligi, Xemiltonning "Breonna Teylorni o'ldirgan policiyachilarni xibsga olish kerak" yozuvli libosi.
Lusivill universitetida texnik bo'lib ishlagan Breonna Teylor policiyachilar taqillatmasdan uyini tunab ketishganida 26 yoshda edi. Uning xonadosh do'sti Kennet Uoker esa uyiga o'g'ri oralagan deb hisoblagan va o'ziga tegishli to'pponcha orqali ularga o'q uzgan. Natijada policiyachilar ham unga javoban o'q otishgan.
Breonna shu paytda ovozdan uyg'onib ketgan va bir yo'la oltita o'qni qabul qilib olgan - ushbu o'qlar izquvar Mayls Kosgrouv tomonidan otilgan. Policiyachilar uning uyiga narkotik savdosi bilan ayblanayotgani va qoradori izlagani kirgan (Uoker esa uyga uning raqobatchilari kirgan deb o'ylagan), biroq dorilar topilmagan va hatto Teylorning o'limidan keyin u erda tintuv ishlari ham olib borilmagan.
Kennet omon qoldi, unga ayblov elon qilingandi, biroq keyin jamiyat oldida bu olib tashlandi. Qoratanli jamiyat uchun bu shok xabar bo'ldi. Ular bo'lgan voqelik uchun policiyachilardan bor javobgarlikni olish maqsadida masullar - Kolin Kapernik, Mejik Jonson va Lebron Jeymsga murojaat bilan chiqishdi.
Voqelik Kentukki shtatidagi Luisvillda sodir bo'ldi. "Formula-1"ning amerikalik egalari esa taqdirlash marosimi vaqtida ushbu hodisani yodga olishni istashmaydi. Mana endi Lyuis Xemilton buni eslash kerak deyapti. Aslida podiumda kim o'z poziciyasini bildirishga ko'proq haqli: trassada o'z jonini xavf ostiga qo'yayotgan poyga sovrindori yoki uning promouterimi, VIP-lojada o'tirgan insonmi? Podium aynan kim uchun chiqarib qo'yilgan?
Fettelning shlemi bilan bog'liq holat esa biroz boshqacharoq - u FIA motivlarini yaxshiroq tushuntirib bera oladi. Sebaning shlemida nafaqat "Formula-1"ga, balki, bir paytlar o'zi sharafini himoya qilgan "Aston Martin" jamoasiga ham homiylik qiladigan, "Aramco" neft kompaniyasida ishlashni to'xtatishga davat qiluvchi shior yozilgan. Boshqacha qilib aytganda, "Aramco"ga qarshi Fettel neftchilar tomonidan to'langan pul orqali qarshi namoyish qilgan. O'shanda Seb poyga davomida boshqa shlemda ishtirok etgandi.
Paradoksni qarangki, FIA siyosiy muammolar bilan faqatgina pilotlar sababli to'qnash kelishmaydi. Jiddadagi ko'cha poygalari davomida Xemilton raketa uchirmagan va Formula-E bo'layotgan paytda Ar-Riyod tomon yo'naltirmagan. Biroq Turkiyada faqatgina Turkiya tomonidan tan olingan SHimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mexmet Ali Talatni kiritishgani uchun Gran-pri tashkilotchilari 5 million dollar jarima to'lashgan.
Xo'sh, Kodeskning yangi bandi nimani o'zgartiradi? "Liberty"ga tegishli "F1TV" jurnalisti Uill Bakston bu borada shunday savol berdi: Per Gasliga har poygadan oldin ananaviy duo qilishiga yo'l qo'yilmaydimi? Franciyalikning harakatlari diniy qarash hisoblanadi va uning harakatlari boshlang'ich to'siqlarda doimo teleekran efirlariga tushadi. Duo qilganligi uchun Gasliga jarima ballari yozilib, poygalardan chetlatiladimi? Hozircha yuqori boshqaruv organlaridan tayinli javob yo'q.
"Liberty" endi-endi Formula-1ga kirib kelayotgan vaqtda yangi promouterlar muxlislarni chempionat diqqat markaziga qo'ygan holda poygachilarni qahramonlarga aylantirishlarini aytishgandi. Biroq qahramonga aylanish uchun individuallik juda muhim, u o'zgacha ovoz yoki shaxsiy fikr orqali kelmaydi.
Xo'sh, Xemilton yangi qoidalarga norozilik bildirsa nima bo'ladi? Aytaylik, Lyuisning IndyCar F-1dan ketishi unchalik ko'p narsani o'zgartirmasligi mumkin, biroq undan foyda ham bo'lmaydi. CHunki uning o'rnini o'rtacha darajadagi poygachi egallaydi. F-1 dunyosi chegaralanmagan, Xemilton "IndyCar"da ajoyib ko'rinmoqda va o'zi uchun musiqiy hamda feshn-faoliyati uchun kelgusiga poydevor yaratib qo'ydi. Uning ketishi kim uchun foydali ham bo'lardi axir?
Balki Alonso yoki Ferstappenning gaplaridan keyin ushbu qoidani to'xtatib qo'yishlari ham mumkinmi? Buning uchun ularda ijtimoiy tarmoqlar yoki OAV bor. Ular 10 daqiqada gaplarni butun dunyoga tarqatib yuborishadi. Ammo, lekin, biroq... FIA ham bunday paytda ularga sankciyalar qo'llashi mumkin. bu esa janjalning kuchayishiga, bayonotlarning yuqori darajaga chiqishiga olib keladi. CHunki 2021 yili Abu-Dabi Gran-prisidan keyin 12.2.1.f qoidasini buzgan insonlar jazosiz qolib ketdi.
Bizningcha, yangi qoidalar kutilgan effektni bermasa kerak. Ammo shu orqali FIA o'z maydonida qandaydir keraksiz fikrlar yangramasligi kerakligini va uni xushlamasligini tushuntirayotgandek. Biroq bizni boshqa narsa ajablantirmoqda: "Formula-1" uzoq yillar davomida individuallik va marketologlar nazorati ostida turadigan so'zlarning chiqib ketishi sababli tanqid qilindi. Lekin hozir esa kimdir o'z ovozini biroz balandlatsa, FIA ularning ovozini o'chirishga harakat qilmoqda.
Xurshida Abdikulova tayyorladi
Fikrlar