So’nggi yangiliklar

12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0

04 jan 14:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Tarix sahifalariga muhrlangan 2023 o'zbek prof bokschilari uchun qanday o'tdi?

Professional bokschilarimizning 2023 yilgi ishtirokini Olimjon Nazarov boshlab bergandi.

28 yanvar kuni o'tkazilgan jangda o'ta engil (50,8 kg) vazndagi bokschimiz WBO Oriental kamarini Seul shahrida himoya qildi. U tailandlik 27 yoshli Jakravut Majungoenni ochkolar (120-108, 120-108, 120-108) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Xuddi shu kuni Odiljon Aslonov Ekaterinburg shahrida rossiyalik Maksim Smirnovdan ustun keldi. 

29 yanvar tongida Bektemir Meliqo'ziev Kaliforniyada amerikalik Ulises Serrani uchinchi raundda nokautga uchratdi. Bu g'alabasi evaziga u WBO Global kamarini qo'lga kiritdi. 

5 mart kuni yarimengil vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Otabek Xolmatov (11-0) Angliyaning Nyukasl shahrida britaniyalik Tomas Patrik Uord (33-0-2)ni 5-raunddayoq nokautga uchratdi. Bu g'alaba unga chempionlik jangida ishtirok etish huquqini taqdim etdi. SHu kuni yarimog'ir vazndagi Dilshodbek Ro'zmetov Meksikada mezbon yurt vakili Xesus Palomares (7-2-1)ni ochkolar hisobiga ko'ra engdi. 

11 mart kuni engil vazn toifasida jang qilib kelayotgan Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida mo'g'ulistonlik Ochirsuren Amarsanani ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi. 

9 aprel kuni AQSHning San-Antonio shahrida superyarimo'rta vazn toifasidagi bokschimiz Isroil Madrimov (9-0-1) o'zi uchun yangi — o'rta vaznda ringga ko'tarildi. U amerikalik Rafael Igbokve (16-4)ni hakamlarning yakdil qarori bilan (100-90, 99-91, 99-91) engdi. Afsuski, aynan shu oqshomda ikkinchi engil vaznda WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev filippinlik Marlon Tapalesga yutqazib qo'ydi. Hakamlarning ikki nafari 115:113 hisobi bilan Tapales foydasiga qaror chiqargan. Uchinchi hakam Murodjonning yirik 118:110 hisobidagi g'alabasini taminlagandi. 

16 aprel kuni Iqboljon Xoldarov Meksikada mezbon bokschi Eleazar Valensuelani birinchi raunddayoq mag'lub etdi. 

23 aprel kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Bektemir Meliqo'ziev meksikalik Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangini o'tkazdi. O'n raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Meliqo'ziev g'alaba qozondi. 

18 iyun kuni AQSHning Nyu-Orlean shahrida yarim o'rta vazn toifasidagi SHahram G'iyosov (14-0) amerikalik tajribali Xarold Kalderon (27-1)ni 120-108, 118-110, 116-112 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va WBA yo'nalishida majburiy davogarga aylandi. 

27 avgust kuni Bahodir Jalolov prof boksdagi 13-jangini o'tkazdi. AQSHning Oklaxoma shtati Talsa shahrida tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimizga nigeriyalik Onoriode “Godzilla” Evarieme raqiblik qildi. Jalolov 1-raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. 

7 noyabr kuni Hasanboy Do'smatov (6-0-0) Sochi shahrida JAR bokschisi Sifamandla Baleni (JAR, 21-6-2)ni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. 

17 noyabr kuni Toshkentda katta professional boks oqshomi o'tkazildi. Uning doirasida hamyurtlarimizdan Abdumalik Xalokov, Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Mujibillo Tursunov, Bahodir Jalolov ringga ko'tarildi va g'alabaga erishdi. Jalolov JAR vakili Kris Tompsonni birinchi raundda nokautga uchratdi. 

15 dekabr kuni Xurshid Tojiboev Franciyaning Lion shahrida Kaddur Hmianini oltinchi raundda texnik nokaut bilan engdi. Murodjon Ahmadaliev 17 dekabr kuni AQSHda meksikalik Kevin Gonsalesni sakkizinchi raundda texnik nokautga uchratib, WBA chempionlik kamari uchun davogarga aylanib oldi. Boshqa yana ko'plab prof bokschilarimiz ham yakuniga etgan 2023 yilda o'z janglarini o'tkazishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing