23 jan 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Tarixdagi eng zo'ri bo'lmoqchiman". UFCning amaldagi chempioni Makgregorni jangga chorladi
UFCning yarim engil vazn toifasidagi chempioni Aleksandr Volkanovski Konor Makgregorga qarshi jang qilish istagi borligini aytib o'tdi.
"Bu divizionda bir nechta yaxshi janglar o'tkazish mumkin. Ammo Konor bilan jangga alohida to'xtalsak bo'ladi. Men o'z toifamda barchani mag'lub etdim. Konor ham yarim engil vaznda chempion bo'lgan. Men ushbu divizion tarixidagi eng yaxshi jangchi bo'lish uchun urinib ko'rmoqchiman. Konorning muxlislari uni doimo shundayligicha eslab qolishadi.
SHuning uchun men zo'r ekanligimni jahonga isbotlashim kerak. Bu jang men uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu aqlbovar qilmas imkoniyat. Men tarixdagi eng zo'ri bo'lishni istayman", - dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar