So’nggi yangiliklar

19:34Бортида Отабек Шукуров бўлган самолётни чақмоқ урди 0 19:13Пара пауэрлифтингчиларимиз Жаҳон кубогида тенгсиз бўлди! 0 18:52Руне Рим "Мастерс" бош соврини сари юришини давом эттирмоқда 0 18:31Уайт Жонс ва Миочич жангига оид янгиликни эълон қилди 0 18:10"Бавария"нинг янги бош мураббийи ким бўлиши деярли аниқ. Жамоа олдин у билан ЕЧЛни ютган 0 17:49Ломаченко чемпионлик камарини қўлга киритганидан сўнг фикрларини билдирди 0 17:27Жасмине Паолини учун Рим "таътиллари" тугади 0 17:06Қозоғистонлик мураббий: "Ўзбекистон билан Олимпиада финалида учрашишни истаймиз" 0 16:45Мбаппе "Реал" сабаб Саудия Арабистонидаги 200 млн евро ва АПЛ клублари билан музокаралар ўтказишдан бош тортган 0 16:24Камшибек Конкабаев Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордга қарши жанги ҳақида гапирди 0 16:01Рим "Мастерс". Циципас Штруффни енгиш учун 2,5 соат вақт сарфлади 0 15:39Боксчиларимиз "Елорда кубоги"га қай таркибда йўл олгани маълум 0 15:18"Милан" 50 млн евролик трансферни амалга оширмоқчи 0 14:59Таэквондо WT терма жамоамиз Осиё чемпионатига жўнаб кетди 0 14:38Федор Емельяненко: "Қадам ташланганди, аммо Майк Жейк Полни танлади" 0

02 okt 12:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz! "Golfchi" Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi keyingi jangini kimga qarshi o'tkazadi? (ehtimoliy raqiblar)

O'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov uchun ehtimoliy raqiblari nomini keltirib o'tamiz.

Qahramonov navbatdagi jangini 17 dekabr kuni o'tkazishi haqida Olamsport.com saytida avvalroq xabar bergan edik.

Bugun biz UFC'dagi statistikasi 2-0 ko'rinishida bo'lgan Qahramonov uchun ehtimoliy raqiblar ro'yhatini keltirib o'tamiz.

Iliya Topuriya. Ehtimoldan yiroqroq variantdan boshlaymiz. Topuriya yarimengil divizion vakili hisoblanadi. UFC'da to'rtta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan Gruziya/Ispaniya vakili navbatdagi jangini 29 oktyabr kuni ilk jiddiy raqib - Edson Barbozaga qarshi o'tkazishi kerak edi. Biroq, braziliyalik jangchi jarohat olib, jangdan chiqdi. Hamyurtimiz esa Topuriya bilan jang qilishga tayyorligini bildirdi. "Uni ko'rishni istar edim", - deb yozgan Qahramonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Vaznlardagi farqqa qaramasdan, Iliya va Saidyoqubni bir narsa birlashtirib turadi. Ikkisining ham UFC'dagi kelajagi oldinda, statistikalar o'xshash, uslublar o'xshash. Ammo Topuriya bilan jang baribir ehtimoldan uzoqroq variant hisoblanadi Qahramonov uchun. Ammo ushbu jang tashkillashtirilgan taqdirda Saidyoqub uchun katta nom, qolaversa, tavakkal bo'lishi muqarrar...

Adrian Yanez. UFC'ning eng engil divizionida beshta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan Yanez Saidyoqub uchun mos raqiblardan biri. Uning MMAdagi umumiy statistikasi: 16-3. Janglarining 73%ni muddatidan oldin yakunlagan. Yani, Adrian Yanez nokautchi jangchi. So'nggi olti jangidan beshtasini nokaut bilan yakunlagan. Hozircha katta nomlar bilan to'qnash kelmagan Meksika/AQSH vakili so'nggi bor iyun oyida oktagonda ko'rinish bergan. Qahramonov esa so'nggi jangini iyul oyida o'tkazgan. Qahramonov Yanezni "oson pul", - deb hisoblaydi. Izohlardagi "Yanez bilan jang qilasizmi?", - mazmunidagi savaolga javoban samarqandlik hamyurtimiz "Yo'q, boshqa kuchliroq jangchi bilan", - deya javob qaytargan edi kuni kecha. Saidyoqub shunday fikrda bo'lishiga qaramasdan, biz Yanezni ehtimoliy raqiblar ro'yhatiga kiritdik. Qaydam, balki ular 17 dekabr kuni oktagonda uchrashib qolishar? Yangilik sifatida aytib o'tish kerakki, Yanez UFC'ning yangilangan reytingiga 14-o'rindan joy olgan holatda kiritilibdi. Jang tashkillashtirilgan taqdirda biz hamyurtimizga omad tilaymiz!


Javid Basharat. Asli Afg'onistonlik, ammo Angliya nomidan jang qiluvchi Basharat o'zi MMAdan chiqqan. Qahramonov esa sambodan chiqqani haqida aytib o'tgan. Keltirib o'tadiganlarimiz orasida eng ehtimolga yaqini, fikri ojizimizcha aynan Basharatdir. Statistika, gabarit, arsenal - barcha-barchasi bir-biriga yaqin kelmoqda. Eng qizig'i, Javid Basharat ham UFC'dagi ilk jangini Trevor Jonsga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan. Yodingizda bo'lsa, hamyurtimiz ham ilk g'alabasini Trevor ustidan qo'lga kiritgan edi. Basharatning MMAdagi statistikasi: 11-0. UFC'da ikkita jang o'tkazib, ikkisida ham g'alaba qozondi. Bu yilning o'zida bo'lib o'tdi ikki jang ham. So'nggi jangini aynan 17 sentyabr kuni bo'lib o'tgan UFC Fight Night 211 turnirida tajribali Toni Greveliga qarshi o'tkazdi. U janglarining 81 %ini muddatidan avval yakunlagan. Ko'ramiz, shu yilning o'zida uchinchi jangni "yon qo'shnisi"ga qarshi o'tkazishga rozi bo'larmikan Javid?


Duglas Silva de Andrade. Braziliyalik tajribali, shu bilan birga "qariya" jangchi. Ammo yosh unchalik ham ahamiyatga ega emasligini Glover Teysheyra ko'rsatib berdi, fikri ojizimizcha. Duglas UFC'da o'n bitta jang o'tkazib, oltita g'alaba, beshta mag'lubiyat alamini totgan. Zubayra Tuxugov, Petr Yan, Rob Font, Louren Myorfi va Said Nurmagomedov kabilar bilan jang qilib, mag'lubiyatga uchragan. MMAdagi umumiy statistikasi: 25-5-1. Bazasi - Muay tay. 2014 yildan buyon MMAda jang qilib keladi. Janglarining 78 %ini muddatidan avval yakunlagan. Haqiqiy nokautchi. Muxlislarning ko'pchiligi Saidyoqubning aynan Duglas Silva bilan jang qilishini taxmin qilishmoqda. Tashkillashtirilgan taqdirda, ushbu jang Saidyoqub uchun o'tish jangi bo'lib berishi mumkin, albatta UFC uni sinab ko'rishni istaydi. CHunki hamyurtimiz ko'pdan buyon UFC'dan katta janglarni so'rab keladi. Bu esa Saidyoqub uchun kelgusida hamir uchidan patir bo'lib xizmat qilishi mumkin.



Kris Guterres. Yana bir ehtimolga yaqin nomzod. AQSH/Meksika vakili UFC'da sakkizta jang o'tkazishga ulgurgan. Sakkizta jangining oltitasida g'alaba qozongan, bir durang va bir mag'lubiyati mavjud. El Guapo laqabli Guterres yagona mag'lubiyatini UFS'dagi debyut jangida qabul qilib olgan. 2018 yildan buyon dunyodagi eng yaxshi MMA promousheni ostida harakat qilayotgan bo'lishiga qaramasdan, katta nomga ega jangchilar bilan to'qnash kelmagan. Yuqorida keltirilganlardan farqli o'laroq, Kris janglarining katta qismini hakamlar qarori bilan yakunlagan. So'nggi bor mart oyida mo'g'ulistonlik Danaa Batgerelga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan. Saidyoqub bilan solishtirganda Guterresda biroz bo'y ustunligi yuzaga keladi. Ikki santimetrga. UFC agar Qahramonovni sinab ko'rmoq istagida bo'lsa, Kris Guterres variantidan ham foydalanishi ehtimoldan yiroq emas...



Said Nurmagomedov. Qahramonov uchun yana bir ehtimoldan yiroq bo'lmagan variant. Rossiya vakili UFC'da allaqachon oltita jang o'tkazib ulgurgan. Janglarining beshtasida g'alabaga erishgan, birida mag'lub bo'lgan. Bo'yi, qolaversa, qo'llari uzun. 2018 yildan buyon Dana Uayt "otalig'i"da jang qilib keladi. Umumiy statistikasiga nazar tashlasak, MMAda o'n to'qqizta jang o'tkazgan Said, janglarining o'n ettitasida g'alaba qozongan, ikki bor mag'lub bo'lgan. Janglarini to'liq davom ettirishga o'rgangan. Ammo joyi kelsa, bir zarba bilan yiqitishi mumkin. Uchta g'alabali seriyasi mavjud ayni damda. So'nggi jangini Saidyoqub Qahramonov bilan bir kechada, yani 9 iyul kuni o'tkazgan. O'shanda u yuqorida tilga olingan Duglas de Andrade ustidan g'alaba qozongan edi. Statistikalariga ahamiyat bersak, uning parterdan ko'ra "stoyka"da ko'proq jang qilishiga 
guvoh bo'lamiz. Boshqa Nurmagomedovlar singari, Said ham asli Dog'iston tomonlardan. Demak, jang amalga oshgan taqdirda hamyurtimizga oson bo'lmasligi tayin.


Kodi Garbrandt. Va nihoyat Saidyoqub Qahramonov va qolaversa, muxislar ko'rishni istaydigan nomzodga etib keldik. Ushbu vaznning sobiq chempioni o'zining kichik professinal faoliyatini ancha sermahsul o'tkaza olganini takidlash joiz. So'nggi janglarini inobatga olmaganda, albatta. Kodi Garbrandt UFC'da o'n ikkita jang o'tkazgan. Dunyoning eng yaxshi MMA promoushenida u ettita g'alaba qozongan, besh bor mag'lubiyat alamini totgan. Beshta mag'lubiyatning barchasini so'nggi janglarida qabul qilib olgan. Yani, so'nggi oltita jangining beshtasida mag'lub bo'lgan. Xullas, endi Kodining yo'qotadigan hech narsasi yo'q. U chempionlik kamarini 2016 yilda Dominik Kruzdan yutib olgan. Bir yil o'tib esa Ti Jey Dillashou kamarni undan "tortib olgan". SHundan so'ng Kodining faoliyatida parokandalik boshlangan. Go'yoki, muammoning echimini vazn o'zgartirishdan izlagan Garbrandt so'nggi jangini o'zi uchun yangi — o'ta engil vaznda o'tkazdi. Debyut jangidayoq uni Kay Kara-Frans nokautga uchratdi. SHundan so'ng Kodi Garbarndt hali oktagonda ko'rinish berganicha yo'q. To'g'ri, u bugun braziliyalik Rani Yahyaga qarshi 
jang qilishi mumkin edi, biroq bu borada ham "No Love"ning omadi chopmadi. Qahramonov esa yozda Ronni Lourensni mag'lub etganidan buyon Garbrandtni jangga chorlab keladi. Vaziyatga real baho bersak, Kodi uchun ayni damda raqib yo'q. Jang qilmaganiga bir yildan oshdi. Zora, UFC'dagilar Saidyoqubning ushbu mazmunda tinimsiz yozilayotgan bayonotlariga etibor berib qolishsa...


P.S. Qahramonov kecha Facebook'dagi sahifasi orqali tez orada raqibini elon qilishini aytib o'tdi. Ko'ramiz, bu safar hamyurtimiz bizga qanday syurpriz tayyorlar ekan. Ishonamizki, yuqorida keltirilgan raqiblardan qay biri duch kelmasin, Saidyoqub Qahramonov g'alabali odimlashda davom etadi!

Muallif — Olamsport.com sayti hodimi Diyor Mavlonov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing