03 okt 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri o'zi uchun asosiy sparring-raqibni aniqlab oldi
Britaniyalik istedodli bokschi Jo Joys vatandoshi Tayson Fyuriga amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o'tkaziladigan jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun yordam beradi.
Fyurining mashg'ulot lageri AQSHning Kaliforniya shtati Big Bear shaharchasida joylashgan. Tayson taniqli murabbiy Abel Sanchesning zalida mashg'ulot o'tkazadi. Joys aynan Sanchesning shogirdi hisoblanadi.
“Fyuri bilan elkama-elka mashg'ulot o'tkazamiz. Ilk mashg'ulotimizda unda ortiqcha vazn bor edi. Hozir hammasi joyida. Ringda nisbatan ancha tez harakat qilyapti”, - dedi Joys.
Eslatib o'tamiz, superog'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Deontey Uaylder hamda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi jang 1 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar