31 may 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri: Seferi xavfli raqib
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 9 iyun kuni bo'lib o'tadigan jangidagi raqibi haqida fikr bildirdi.
Britaniyalik bokschi shu kuni deyarli 3 yillik tanaffusdan so'ng albaniyalik Sefer Seferiga qarshi ringga ko'tariladi. 29 yoshli Tayson raqibiga yuqori baho berdi.
“Men jangga jiddiy etibor bilan qarayapman. Seferi zarba ko'tara oladigan, kuchli va xavfli raqib. U hurmatga loyiq bokschi. Men bu bahsga chempionlik jangiga qaragandek munosabatda bo'lyapman. Sefer 24ta jangidan faqat birida mag'lubiyatga uchragan. Biror marta ham nokdaun holatiga tushmagan”, — dedi Fyuri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar