22 may 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39131_220.jpg)
Tayson Fyuri shifokor bo'lishga ahd qildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bokschilik faoliyati yakunlanganidan so'ng shifokor bo'lishga ahd qilganini aytdi.
Bu haqda u Britaniyaning The Sun nashriga bergan intervyusida malum qilgan. Fyuri bokschilik faoliyati yakunlanganidan so'ng tibbiy malumot olib, shifokor bo'lmoqchi.
“Yoshligimda menda bokschi yoki shifokor bo'lish imkoniyati bor edi. Uzoq o'ylanishlardan so'ng men boksni tanlaganman. Lekin endi shifokorlik haqida ham o'ylay boshladim. Men albatta shifokor bo'laman va insonlarga shu yo'l bilan yordam beraman”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri uch yillik tanaffusdan so'ng 9 iyun kuni Manchester (Angliya) shahrida albaniyalik Sefer Seferiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar