22 iyu 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyurining jangi jonli efirda namoyish etilmaydi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamda polshalik Mariush Vax o'rtasidagi jang jonli efir orqali translyaciya qilinmaydi.
Bu haqda jurnalist Mayk Koppindjer malum qildi.
«Bu aql bovar qilmas holat, ammo striming platformalari davrida ham Tayson Fyurining jangini tomosha qila olmaysiz. Hech qaerda. Buning uchun Tailandda bo'lishingiz yoki Netflix'ning "At Home with the Furys" ("Fyurilar uyida") realiti-shousida jangdan tayyorlangan qisqacha lavhalarni ko'rishingizga to'g'ri keladi», — dedi Koppinjer The Ring nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri va Mariush Vax o'rtasidagi jang 24 iyul kuni Tailandning Pattayya shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : x.com/MikeCoppinger
Fikrlar