So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

22 jan 13:30
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Tennis. Mariya SHarapova va Oqgul Omonmurodovani nima bog'lab turadi? (TOP10)

O'zbekistonlik tennischi yulduzi Oqgul Omonmurodova bir ko'rsatkich bo'yicha bugungi kunda dunyoda ikkinchi o'rinda turar ekan.

Qanday ko'rsatkich deysizmi? Hamyurtimiz tennischi qizlar ichida dunyoda bo'yi balandlardan biri hisoblanadi. Etiboringizga dunyoning bo'yi baland bo'lgan 10 nafar tennischisi haqidagi maqolamizni taqdim etamiz.


10. Xelena Sukova

 

Balandligi: 188 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1965 yil, 23 fevral (Praga, CHexoslovakiya)

Og'irligi: 68 kg

Faoliyati: 1983-1998 yillar

Yutuqlari: "Katta Dubulg'a" musobaqalarida 9 marta juftlikda va 5 marotaba mikstda (aralash juftlikda) g'olib bo'lgan. 1988 va 1996 yillarda Olimpiya o'yinlarining finalchisi. G'olib chiqqan va mag'lubiyatga uchragan uchrashuvlari juftlik bo'yicha 752-220 (80,8%) g'alaba va mag'lubiyat. Ushbu ko'rsatgich juftlikda rekord hisoblanadi. Juftlikda dunyoning sobiq birinchi raketkasi.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 4


9. Brendan SHulc Makkarti.



Balandligi: 188 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1970 yil, 28 dekabr (Xaarlem, Gollandiya)

Og'irligi: 71 kg

Faoliyati: 1986-2008

Yutuqlari: "US Open-1995" finalchisi. Yakkalikda 7 marotaba WTA musobaqasida g'olib, juftlikda esa 9 marotaba g'alaba qozongan.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 9



8. Jocelin Ray



Balandligi: 188 santimetr

Tug'ilgan sanasi:  1991 yil, 20 fevral (SHotlandiya)

Og'irligi: 59 kg

Faoliyati: 2009 yilda boshlagan.

Yutuqlari: Yakkalikda bir marotaba ITD turnirining va juftliklarda 11 ta turnirda g'olib bo'lgan. "Hamdo'stlik o'yinlari-2011" (Dehli) chempioni.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 209



7.Mariya SHarapova.



Balandligi: 188 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1987 yil, 19 aprel (Nyagan, Rossiya)

Og'irligi: 59 kg

Faoliyati: 2001 yilda boshlagan.

Yutuqlari: 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarining kumush medal sovrindor, "Katta Dubulg'a" musobaqalarining besh karra g'olibasi. Yakkalikda WTA musobaqalarida 29 marta, juftlikda 4 marta bosh sovringa ega chiqqan. 2004 yilgi WTA yakuniy musobaqa g'olibasi.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 1



6.Samanta Krouford



Balandligi: 188 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1995 yil, 18 fevral, (Jordiya, AQSH)

Og'irligi: 77kg

Yutuqlari: Yakkalikda 1 ITF turniri va juftlikda 5 ta ITF turnirlari g'olibasi. AQSHda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasida "US Open-2012" turniri g'olibasi bo'lgan.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 98




5. Naima Brodi



Balandligi:
189 santimetr

Tug'ilgan joyi: 1990 yil, 28 fevral, (Stockport, Buyuk Britaniya)

Og'irligi: 74kg

Faoliyati: 2006 yilda boshlagan.

Yutuqlari: Yakkalikda ITF musobaqalarida 8 marotaba, juftlikda esa 5 marotaba zafar quchgan.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 116




4.Elena Bovina



Balandligi:
189 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1983 yil, 10 mart (Moskva, Rossiya)

Og'irligi: 72 kg

Faoliyati: 1998yilda boshlagan.

Yutuqlari: Mikstda Avstraliya Ochiq chempionati-2004 g'olibasi va "Rollan Garros-2002" finalchisi hisoblanadi. Yakkalikda 3 ta WTA musobaqasining g'olibasi va juftlikda 2ta turnir g'olibasi.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 14




3.Lindsay Devenport



Balandligi:
189 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1976 yil, 8 iyun (Kaliforniya, AQSH)

Og'irligi: 80 kg

Faoliyati: 1993-2010

Yutuqlari: 1996 yilda Olimpiada chempioni bo'lgan. Ham yakkalikda ham juftlikda 3 martadan "Katta Dubulg'a" turnirlari g'olibasi. Undan tashqari yakkalikda 48 ta WTA musobaqalari g'olibasi, juftlikda 30 marta WTA musobaqalarida zafar quchgan.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 1




2.Oqgul Omonmurodova



Balandligi:
190 santimetr

Tug'ilgan joyi: 1984 yil 23 iyun, (Toshkent, O'zbekiston)

Og'irligi: 74 kg

Faoliyati: 2000 yilda boshlagan

Yutuqlari: Juftlikda ikkita WTA turnirining g'olibasi va yakkalikda ikkita WTA turnirining finalchisi.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 36

Qo'shimcha: 2017 yilning 21 fevral kuni Moskva shahrida Oqgul Omonmurodova va germaniyalik Anna Zaja o'rtasida o'tkazilgan musobaqaning birinchi davrasida (sovrin jamg'armasi 25 ming dollar) ayollar o'rtasida eng uzoq davom etgan tay-brek 22:20 hisobida rekord o'rnatildi. Ushbu tay-brekda Oqgul g'alabaga erishgan. O'yin 3 soatu 21 daqiqa davom etdi. Ammo yakunda g'alaba nemis tennischisiga nasib etdi. 6: 4, 6: 7 (20), 7:6 (4).




1.Eva Xrdinova



Balandligi:
191 santimetr

Tug'ilgan sanasi: 1984 yil 15 iyun, (Plzen, CHexoslovakiya)

Og'irligi: 81 kg

Faoliyati: 2004 yilda boshlagan.

Yutuqlari: Yakkalikda 3 ta ITF musobaqasi g'olibi va juftlikda esa 18 ta. Juftlikda 3 ta WTA turnirlariining g'olibasi.

Reytingdagi eng yuqori o'rni: 55


Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

+1   
22 jan 16:41:09
Prince
Sharapova Katta dubulg'ani 5 marta yutgan!
   
22 jan 17:34:37
Husniddin Mirzaliyev
Prince foydalanuvchining fikriga javob berish
Sharapova Katta dubulg'ani 5 marta yutgan!
Uzr tehnik nosozlik :)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing