17 iyu 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Terens 5 nafar eng kuchli bokschi nomini aytdi
Uch vaznda jahon chempioni, The Ring nashri talqiniga ko'ra pound-for-pound reytingining uchinchi pog'onasini egallagan Terens Krouford (38-0, 29 KO) vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi besh nafar bokschisi nomini malum qildi.
"Terens Krouford, Inoue, Usik, Errol Spens va Devin Xeyni", — dedi Krouford DAZN'ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Krouford o'tgan yili noyabr oyida Las-Vegasdagi "Mandalay Bay" kazinosi ringida ikki karra jahon chempioni SHon Porterni (31-4-1) muddatidan oldin mag'lub qilgan edi. Ayni damda Krouford IBF, WBC va WBA chempioni - Errol Spens (28-0, 22 KO) bilan jang bo'yicha muzokara olib bormoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar