19 sen 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson: "Hali ham chempion ekanligimni isbotlashga tayyorman"
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson ketma-ket beshta mag'lubiyatiga qaramay, professional faoliyatini yakunlamoqchi emasligini aytdi.
Fergyuson Diasga qarshi jangda mag'lub bo'lgach, sobiq UFC chempioni Daniel Korme Tonining ketish vaqti kelganini aytgandi.
"O'zim xohlaganimda va bunga tayyor bo'lsamgina faoliyatimni yakunlayman. Korme va boshqa sharhlovchilar mening ketishim haqida bir necha yillardan beri gapirishadi. Har safar bir xil holat. Ehtimol, ular mening ketishimni istashar, lekin men osonlikcha taslim bo'lmayman. Kormedan farqli o'laroq, iflos nayranglarga murojaat qilmadim.
Qattiq mehnat qiladigan insonlarga bunday munosabatda bo'lish shart emas. Hali ham futbolkamni echishga, yana oktagonga chiqishga va hamon chempion ekanligimni isbotlashga tayyorman", - deya Fergyusonning so'zlarini keltiradi ESPN.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar