15 iyu 07:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223076_220.jpg)
Toni Fergyuson muxlislarga murojaat qildi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Toni Fergyuson mashg'ulot jarayonidagi videosini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.
"Nima desangiz ham ahamiyatsiz. Buni o'zim uchun qilaman. Menga yordam berayotgan barchaga rahmat. Sizlarni yaxshi ko'raman. Qaytganimdan hursandman. Hammasi o'z o'rnida!", - deya izoh qoldirdi Fergyuson video ostida.
Videoda Fergyuson taniqli murabbiy Freddi Rouchga tegishli Wild Card mashg'ulot zalida o'zining zarba berish texnikasi ustida ishlayotganini namoyish qildi.
Avvalroq, Maykl CHandlerga qarshi jangda qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qilib olgan Fergyuson, mustaqil mashg'ulotlardan voz kechishini va o'zini professional murabbiylarga ishonib topshirishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar