26 iyu 16:27
Yangiliklar
Top-10'da o'zgarish ro'y bergan WTA reytingida Nigina o'z o'rnini saqlab qoldi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda, reytingning Top-10 taligida uchta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Jessika Pegula franciyalik Karolin Garsiya bilan o'rin almashib, 4-pog'onaga joylashdi, Garsiya esa mos ravishda 5-o'ringa tushdi.
Birmingem turniri finalchisi Barbora Kreychikova 2 o'rin yuqorilab, Top-10` kirishga muvaffaq bo'ldi. Reytingni hamon polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova esa o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qolgan bo'lsa, Sevil Yo'ldosheva 7, Milan Maslenkova 8 pog'ona pastladi.
WTA reytingi. 26 iyun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8940 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8066
3. (3) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5090
4. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 4905
5. (4) Karolin Garsiya (Franciya) - 4845
6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 3492
7. (7) Kori Goff (AQSH) - 3305
8. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3301
9. (9) Petra Kvitova (CHexiya) - 3101
10. (12) Barbora Kreychikova (CHexiya) - 2830
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
172 (172). Nigina Abduraimova - 399
905 (898). Sevil Yo'ldosheva - 22
1307 (1299). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar